Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi boʻyicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun toʻliq berib turish majburiyatini oladi.
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi boʻyicha tashish ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.