Chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.