Jinoyat-ijroiya qonunchiligi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga asoslanadi hamda ushbu Kodeksdan, shuningdek unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat boʻladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligi:
jinoiy jazoni, boshqa jinoyat-huquqiy taʼsir choralarini ijro etish prinsiplari, tartibi va shartlarini;
mahkumlarning huquqiy maqomini;
mahkumlarni axloqan tuzatish vositalari hamda ularni qoʻllash tartibini;
mahkumlarni jazoni oʻtashdan ozod qilish tartibini;
jazoni ijro etuvchi muassasa va organlar faoliyati tartibini;
mahkumlarni axloqan tuzatishda davlat hokimiyati va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, korxona, muassasa, tashkilotlarning, jamoat birlashmalari va fuqarolarning ishtirokini belgilaydi.