Jinoyat-ijroiya qonunchiligi xalqaro huquqning jazoni ijro etish va mahkumlar bilan muomalada boʻlishga taalluqli prinsiplari va normalarini inobatga oladi.
Jinoyat-ijroiya qonunchiligining normalari mahkumlarni qiynoqqa solish va boshqa gʻayriinsoniy yoki kamsituvchi muomala turlaridan himoya qilish toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarga zid boʻlishi mumkin emas.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida jinoyat-ijroiya qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnomaning qoidalari qoʻllaniladi.