JIK · 12-modda

12-modda. Mahkumlarning vijdon erkinligini taʼminlash

Mahkumlarga vijdon erkinligi kafolatlanadi. Ular har qanday dinga eʼtiqod qilishga yoki hech qanday dinga eʼtiqod qilmaslikka haqli.

Ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni oʻtayotgan shaxslar huzuriga, ularning iltimosiga koʻra, belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan diniy birlashmalarning ruhoniylari taklif etiladi. Mahkumlarga diniy rasm-rusumlarni ado etishga, ibodat uchun kerakli narsalardan va diniy adabiyotlardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Diniy rasm-rusumlarni ado etish ixtiyoriy boʻlib, bu narsa jazoni ijro etuvchi muassasaning ichki tartib qoidalarini buzmasligi, shuningdek boshqa shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini kamsitmasligi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.