Shartli hukm qilingan shaxslarning xulq-atvori ustidan nazorat ichki ishlar organlari, harbiy xizmatchilarga nisbatan esa — ular xizmatni oʻtayotgan joydagi harbiy qismlar (muassasalar) qoʻmondonligi tomonidan amalga oshiriladi.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari:
ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan ruhiy holati buzilgan shaxslarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan;
alkogolizmga, giyohvandlikka yoki zaharvandlikka yoʻliqqan yoxud ruhiy holati aqli rasolikni istisno etmaydigan tarzda buzilgan mahkumlarga nisbatan — sogʻliqni saqlash organlarining tibbiy muassasalari tomonidan, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda esa, jazoni ijro etish muassasalarining davolash-profilaktika yordami koʻrsatish boʻlimlarida hamda mahkumlarga moʻljallangan ixtisoslashgan shifoxonada.
Voyaga yetmaganlarga nisbatan majburlov choralari:
jabrlanuvchidan uzr soʻrash, yetkazilgan zararni toʻlash yoki bartaraf etish majburiyatini yuklash — sud tomonidan;
maxsus oʻquv-tarbiya muassasasiga joylashtirish — xalq taʼlimi organlari tomonidan ijro etiladi.