JIK · 19-modda

19-modda. Jazoni ijro etish tartibi

Jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs jarimani hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab bir oylik muddat ichida ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart. Mahkum belgilangan muddatda jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlamagan taqdirda, jarima davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda undirib olinadi. Jarimani majburiy undirish ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan mahkumga nisbatan qoʻllanilmaydi.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan jinoyat sodir etgan va jarima tariqasidagi jazoga hukm qilingan shaxs hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab olti oylik muddat ichida jarimani ixtiyoriy ravishda toʻlashi shart.

Agar belgilangan muddatda jarimani toʻliq miqdorda toʻlashga mahkumning imkoni boʻlmasa, sud uning iltimosnomasiga koʻra hukmning ijrosini Jinoyat-protsessual kodeksining 533-moddasida belgilangan tartibda kechiktirishi yoki jarimani boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.