JIK · 22-modda

22-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari

Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi:

muayyan huquqdan mahrum qilingan mahkumlarni roʻyxatga oladi;

mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatiga va (yoki) muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organga hukm talablarini ijro etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi;

mahkumning hukmda koʻrsatilgan taqiqlarga rioya etishini tekshiradi;

mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati, shuningdek muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanish uchun berilgan ruxsatnomani bekor qilishga vakolatli organlar tomonidan hukm talablari qanday bajarilayotganligini tekshiradi.

Mahkum harbiy yoki muqobil xizmatga chaqirilgan yoxud kirgan taqdirda probatsiya boʻlinmasi hukmning nusxasini mudofaa ishlari boʻlimiga yoki mahkum xizmatni oʻtayotgan joyga yuboradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.