Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati probatsiya boʻlinmasidan xabarnoma olgan kundan boshlab uch kun ichida quyidagilarni amalga oshirishga majbur:
mahkum egallash va shugʻullanish huquqidan mahrum etilgan lavozimdan yoki mehnat faoliyati turidan uni ozod qilish;
probatsiya boʻlinmasiga hukm talablari ijro etilganligi toʻgʻrisida, tegishli hujjatlarni ilova etgan holda, xabar yoʻllash;
mahkum boshqa ishga oʻtkazilgan yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan taqdirda, bu haqda probatsiya boʻlinmasiga xabar qilish.