JIK · 25-7-modda

25-7-modda. Jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzish oqibatlari

Majburiy jamoat ishlariga hukm qilingan shaxs jazoni oʻtash tartibi va shartlarini buzganligi uchun probatsiya boʻlinmasi uni qoidabuzarlik oqibatlari haqida qonunchilikka muvofiq yozma shaklda ogohlantiradi.

Majburiy jamoat ishlarini oʻtashdan boʻyin tovlagan mahkumga nisbatan probatsiya boʻlinmasi Jinoyat kodeksining 45-1 yoki 82-1-moddalariga muvofiq majburiy jamoat ishlarini jazoning boshqa turi bilan almashtirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.