JIK · 27-modda

27-modda. Probatsiya boʻlinmasining majburiyatlari

Ichki ishlar organlarining probatsiya boʻlinmasi:

axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni roʻyxatga oladi;

mahkumga jazoni oʻtashning tartibi va shartlarini tushuntiradi;

boshqa joylarda oʻtaladigan axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarni ishga joʻnatadi;

mahkumlar tomonidan jazoni oʻtash shartlariga rioya etilishini tekshiradi;

mahkum ishlaydigan korxona, muassasa va tashkilot maʼmuriyati tomonidan hukm talablari ijro etilishini tekshiradi;

mahkumni qidirib topish yuzasidan dastlabki tadbirlarni oʻtkazadi, zarur materiallarni tayyorlaydi va tegishli xizmatga oshiradi;

axloq tuzatish ishlarini boshqa joylarda oʻtayotgan shaxslar bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish uchun ruxsatnoma berish masalasini koʻrib chiqadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.