JIK · 28-modda

28-modda. Korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyatining hukmni ijro etish borasidagi majburiyatlari

Mahkum ishlaydigan korxona, muassasa, tashkilot maʼmuriyati quyidagilarga majbur:

mahkumning ish haqidan toʻgʻri va oʻz vaqtida chegirib qolinishini hamda chegirib qolingan summa davlat foydasiga oʻtkazilishini taʼminlash;

mahkumga nisbatan qoʻllanilgan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo choralari haqida, uning jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgani, boshqa ishga oʻtkazilganligi yoki u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganligi haqida probatsiya boʻlinmasini xabardor etish.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.