JIK · 61-modda

61-modda. Mahkumlarni saqlash sharoitining oʻzgartirilishi

Jazoni oʻtash davrida ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning saqlash sharoiti bir muassasa doirasida yoki boshqa turdagi muassasaga oʻtkazish yoʻli bilan yengillashtirilishi yoxud ogʻirlashtirilishi mumkin.

Mahkumlarni saqlash sharoiti ragʻbatlantirish tarzida quyidagicha yengillashtirilishi mumkin:

muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 102, 104-moddalariga muvofiq;

sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasiga muvofiq.

Mahkumlarni saqlash sharoiti intizomiy jazo tarzida quyidagicha ogʻirlashtirilishi mumkin:

muassasa boshligʻining qaroriga binoan — ushbu Kodeksning 105, 106-moddalariga muvofiq;

sud tomonidan — Jinoyat-protsessual kodeksining 537-moddasi va 542-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.