Jazoni ijro etish muassasalarida rejim jazodan koʻzlangan maqsadga erishish uchun belgilanadi.
Rejim quyidagilarni taʼminlaydi:
mahkumlarni batamom ajratib qoʻyish, ularni qoʻriqlash va nazorat qilib turishni;
mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini roʻyobga chiqarish, shuningdek ularning oʻz majburiyatlarini ado etishini;
muayyan toifadagi mahkumlarni alohida-alohida saqlashni;
muassasa turiga qarab mahkumlarni har xil sharoitda saqlashni;
mahkumlarning va muassasa xodimlarining xavfsizligini.
Jazoni ijro etish muassasalarida rejim Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlangan Ichki tartib qoidalari va boshqa normativ hujjatlar bilan tartibga solinadi.