JIK · 80-modda

80-modda. Mahkumlarning adabiyot va yozuv ashyolarini sotib olishi hamda saqlashi

Mahkumlar posilka, yoʻqlov va banderollarda yozuv ashyolari, adabiyotlar olishlari, shuningdek ularni savdo shoxobchalari orqali sotib olishlari, cheklanmagan miqdorda gazeta va jurnallarga obuna boʻlishlari mumkin.

Mahkumlarga urushni, milliy va diniy adovatni, zoʻrlik va shafqatsizlikni targʻib qiluvchi nashrlarni, shuningdek behayo nashrlarni olish, sotib olish, saqlash va tarqatish taqiqlanadi.

Mahkum savdo shoxobchalari orqali sotib olgan adabiyot u olishga haqli boʻlgan posilka va banderollar soniga kirmaydi.

Mahkum oʻz yonida koʻpi bilan oʻn nusxa kitob va jurnal saqlashi mumkin. Mazkur miqdordan ortiqcha adabiyot mahkumning roziligi bilan saqlash uchun topshiriladi, foydalanish uchun kutubxonaga beriladi yoki uning qarindoshlari va boshqa shaxslarga joʻnatiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.