JIK · 84-modda

84-modda. Mahkumlarning yashash joyi

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar saqlash sharoitiga qarab umumiy turar joylarda, xonalarda yoki kameralarda yashaydi, ushbu turar joylar, xonalar yoki kameralar belgilangan tartibda tasdiqlangan sanitariya-gigiyena hamda qurilish normalari va qoidalariga mos kelishi kerak.

Bir mahkumga toʻgʻri keladigan yashash maydoni normasi quyidagi miqdordan kam boʻlishi mumkin emas:

umumiy turar joylarda — ikki kvadrat metr;

tergov hibsxonalari va turmalarning umumiy kameralarida — ikki yarim kvadrat metr;

ayollar, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar voyaga yetmaganlar saqlanadigan koloniyalardagi umumiy turar joylarda — uch kvadrat metr;

bemor mahkumlar saqlanadigan palatalarda — toʻrt kvadrat metr;

intizomiy boʻlinmalarning kameralarida hamda soqchisiz yoki kuzatuvchisiz yurish huquqidan foydalanayotgan mahkumlar yashashi uchun, shuningdek jazoni manzil-koloniyalarda oʻtayotgan shaxslar uchun moʻljallangan xona tipidagi turar joylarda — toʻrt yarim kvadrat metr.

Mahkumlarga yotish uchun alohida joy, koʻrpa-toʻshak, choyshab va kerakli inventar beriladi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan umumiy turar joylar maxsus vositalar va moslamalar bilan jihozlangan boʻlishi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.