JIK · 92-modda

92-modda. Mahkumlar mehnatiga haq toʻlash

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar mehnatiga mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq haq toʻlanadi.

Mehnat normalarini va mehnat vazifalarini bajargan mahkumlar mehnatiga toʻlanadigan oylik haq qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan kam boʻlishi mumkin emas.

Barcha chegirmalardan qatʼi nazar, mahkumlar shaxsiy hisobvaragʻiga ularga yozilgan ish haqining kamida yigirma besh foizi, oltmish yoshdan oshgan erkaklarning, ellik besh yoshdan oshgan ayollarning, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarning, homilador ayollarning hamda jazoni ijro etish muassasalari qoshidagi bolalar uyida bolasi bor ayollarning, shuningdek manzil-koloniyalar va tarbiya koloniyalaridagi mahkumlarning hisobvaragʻiga esa, kamida ellik foizi oʻtkazib qoʻyiladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.