JIK · 89-modda

89-modda. Mahkumlarni ish bilan taʼminlash

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

jazoni ijro etish muassasalarida ishlab chiqariladigan muayyan mahsulot turlari uchun buyurtmalarni taqsimlaydi;

ishlab chiqarish korxonalarini moddiy-texnika bilan taʼminlash choralarini koʻradi;

ishlab chiqarish quvvatlarini rivojlantirishni, ishlab turgan korxonalarni texnika bilan qayta jihozlash va rekonstruksiya qilishni moliyaviy taʼminlaydi;

korxona, muassasa va tashkilotlarni mahkumlar mehnatidan foydalanishga jalb etishga imkon yaratib beradi;

korxona, muassasa va tashkilotlarda mehnat qilayotgan mahkumlarga yoziladigan ish haqi miqdorini belgilab beradi.

Mahkumlarni ish bilan taʼminlash jazoni ijro etish muassasalarida yoki ulardan tashqarida ish oʻrinlarini tashkil etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.