JK · 226-modda

226-modda. Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish

Ustidan maʼmuriy nazorat oʻrnatilgan shaxsning maʼmuriy nazorat qoidalarini buzishi, mazkur shaxsga shunday qilmish uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, —

bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Maʼmuriy nazorat qoidalarini buzish:

a) maʼmuriy nazoratdan boʻyin tovlash maqsadida oʻz istiqomat joyini oʻzboshimchalik bilan tashlab ketish;

b) maʼmuriy nazorat ozodlikdan mahrum qilish joylaridan ozod qilish vaqtida shaxsga nisbatan oʻrnatilgan boʻlib, u oʻzi tanlagan yashash joyiga uzrli sabablarsiz muayyan muddatda yetib kelmasligi tufayli sodir etilgan boʻlsa, —

ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ikki yildan toʻrt yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.