JPK · 176-1-modda

176-1-modda. Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi

Ekspertiza bir xil (komissiyaviy ekspertiza) yoki turli xil (kompleks ekspertiza) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin.

Ekspertizaning ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi ekspertizani tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa korxona, muassasa, tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.

Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan ekspert tekshiruvlarining maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.

Ekspertizani oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert ekspert tekshiruvlarini mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.

Ekspert tekshiruvlarining ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.