JPK · 179-modda

179-modda. Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining ekspertiza tayinlash va oʻtkazishdagi huquqlari

Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi ekspertiza tayinlash va oʻtkazishda:

1) ekspertiza oʻtkazilgunga qadar ekspertiza tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim bilan tanishib chiqish va oʻziga berilgan huquqlar tushuntirilishini talab qilish. Bu haqda bayonnoma tuziladi yoki sud majlisi bayonnomasiga yozib qoʻyiladi;

2) ekspertni rad etish;

3) oʻzi koʻrsatgan shaxslar orasidan ekspert tayinlanishini iltimos qilish;

4) ekspert xulosa berishi uchun uning oldiga qoʻshimcha savollar qoʻyish, qoʻshimcha materiallar taqdim etish;

5) ekspertiza oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, sudning ruxsati bilan hozir boʻlish, ekspertdan tekshiruv vaqtida qoʻllayotgan usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilish, ekspertga tushuntirishlar berish;

6) ekspert xulosasi bilan tanishib chiqish va qoʻshimcha yoki qayta ekspertiza oʻtkazish toʻgʻrisida iltimos qilish huquqiga ega.

Sanab oʻtilgan huquqlardan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari qoʻllanayotgan shaxs ham, agar bunga uning ruhiy holati imkon bersa, foydalanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.