Jinoyat ishi sudga yuborilgunga qadar prokuror yoki uning oʻrinbosari sud majlisiga chaqiriladigan shaxslarning roʻyxatini oʻz qarori bilan qisqartirish yoki toʻldirishga haqlidir. Bunda ayblanuvchilar, muomala layoqatiga ega boʻlgan jabrlanuvchilar, voyaga yetmagan ayblanuvchilarning qonuniy vakillari, shuningdek fuqaroviy daʼvogar deb eʼtirof etilgan shaxslar yoki fuqaroviy javobgar tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar va ularning vakillari roʻyxatdan tushirib qoldirilishi mumkin emas. Dastlabki tergovda yoki surishtiruvda guvoh sifatida soʻroq qilinmagan va ekspert sifatida xulosa bermagan shaxslar roʻyxatga qoʻshimcha qilib kiritilishi mumkin emas.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 384-moddaAyblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokuror hal etishi lozim boʻlgan masalalar
- 385-moddaAyblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi bilan kelgan jinoyat ishi yuzasidan prokurorning qarori
- 386-moddaEhtiyot chorasi toʻgʻrisida qaror
- 388-moddaJinoyat ishini sudga yuborish
- 389-moddaJinoyat ishlarining sudlovga tegishliligi
- 390-moddaYuqori sudning oʻzi koʻrishi uchun quyi sud sudloviga tegishli jinoyat ishini olish huquqi
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.