JPK · 393-modda

393-modda. Jinoyat ishining sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazilishi

Jinoyat ishi toʻla, xolisona va oʻz vaqtida koʻrilishini taʼminlash maqsadida ishni bir suddan boshqa sudga yuqori sud raisi qarori bilan oʻtkazish mumkin.

Ishni boshqa viloyatdagi yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi sudga oʻtkazish masalasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Raisi tomonidan hal etiladi.

Basharti sudya jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash masalasini hal qilish chogʻida ish mazkur sudning sudloviga tegishli emasligini aniqlasa, ishni sudlovga tegishliligiga koʻra oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Ishning oʻtkazilishiga faqat ish sud majlisida koʻrila boshlangunga qadar yoʻl qoʻyiladi.

Ish shu darajadagi boshqa sudning sudloviga tegishli ekani sud majlisida maʼlum boʻlib qolsa, ishning holatlarini toʻla tekshirishga zarar yetkazmaydigan boʻlsa, sud ishni koʻrishni davom ettiraveradi, aks holda sud ishni sudlovga tegishliligiga koʻra boshqa sudga yuborib, bu haqda ajrim chiqaradi.

Sud oʻz majlisida ishning yuqori sud yoki harbiy sud sudloviga tegishliligini aniqlagach, uni tegishli sudga yuborib, bu xususda ajrim chiqaradi.

Yuqori sudning sud majlisida koʻrila boshlangan ishni quyi sudga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.