Sudya ushbu Kodeks 395-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan masalalarni hal etishda jinoyat ishi boʻyicha har bir ayblanuvchiga nisbatan quyidagi holatlarni aniqlashi kerak:
1) ish mazkur sudning sudloviga tegishlimi;
2) ishning sud majlisida koʻrilishi uchun asoslar yetarlimi;
3) surishtiruv va dastlabki tergov oʻtkazish chogʻida ushbu Kodeksning talablariga rioya qilinganmi;
4) ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasi toʻgʻri tanlanganmi;
5) jinoyat oqibatida yetkazilgan mulkiy zararning oʻrni qoplanishini taʼminlash choralari koʻrilganmi;
6) ayblov xulosasi yoki ayblov dalolatnomasi ushbu Kodeksning talablariga muvofiq tuzilganmi;
7) dastlabki eshituv oʻtkazish uchun asoslar bormi.