JPK · 401-1-modda

401-1-modda. Dastlabki tergovning texnik yoʻsindagi kamchiliklarini bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuborish

Surishtiruv yoki dastlabki tergov jarayonida yoʻl qoʻyilgan texnik yoʻsindagi kamchiliklar, shu jumladan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va arifmetik xatolar aniqlangan taqdirda, sudya ularni bartaraf etish uchun ishni prokurorga yuboradi.

Texnik yoʻsindagi kamchiliklar bartaraf etilganidan va ish prokuror tomonidan qaytarilganidan keyin besh sutka ichida sud ushbu Kodeksda belgilangan umumiy qoidalarga koʻra jinoyat ishini sudda muhokama qilish uchun tayinlash bilan bogʻliq masalalarni hal etadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.