JPK · 405-4-modda

405-4-modda. Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrim

Jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituv oʻtkazish toʻgʻrisidagi ajrimda quyidagilar koʻrsatiladi:

1) sud ishining raqami, ajrim chiqarilgan vaqt va joy;

2) sudyaning lavozimi va familiyasi;

3) ayblanuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va Jinoyat kodeksining unga nisbatan ayblov qoʻyilayotgan moddasi;

4) iltimosnoma kiritgan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi va protsessual maqomi;

5) dastlabki eshituvni oʻtkazish uchun asoslar;

6) dastlabki eshituv ishtirokchilari;

7) dastlabki eshituv oʻtkaziladigan joy va vaqt.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.