JPK · 405-7-modda

405-7-modda. Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni toʻxtatib turish va qayta tiklash

Agar jinoyat ishi boʻyicha dastlabki eshituvni oʻtkazish chogʻida ayblanuvchining yashiringanligi aniqlansa, sudya ushbu ayblanuvchiga nisbatan ish yuritishni toʻxtatib turish va unga nisbatan qidiruv eʼlon qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, bundan ushbu Kodeksning 410 va 418-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Bir vaqtning oʻzida ayblanuvchiga nisbatan ehtiyot chorasini oʻzgartirish masalasi hal etiladi.

Ayblanuvchining sud majlisida ishtirok etishini istisno etadigan ogʻir va davomli kasallikka chalinganligi sud-tibbiy ekspertiza xulosasi bilan tasdiqlangan taqdirda, sudya ishni yuritishni ayblanuvchi sogʻayguniga qadar toʻxtatib turish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.

Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritish uning toʻxtatib turilishiga sabab boʻlgan holatlar bartaraf etilganidan keyin qayta tiklanadi.

Jinoyat ishi boʻyicha ish yuritishni qayta tiklash toʻgʻrisida sudya ajrim chiqaradi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.