MJK · 254-modda

254-modda. Shahar va shaharlararo yoʻlovchi tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlari

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti organlariga ushbu Kodeksning 56-1-moddasining birinchi qismida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida maxsus ajratilmagan joylarda tamaki mahsulotini isteʼmol qilganlik uchun), 121, 123, 124-moddalarida, 142-moddasining uchinchi qismida, 143, 144, 145-moddalarida, 146-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida (shahar, shaharlararo avtomobil transportida va elektr transportida sodir etilgan huquqbuzarliklar qismi) nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Shahar va shaharlararo yoʻlovchilar tashiydigan avtomobil transporti va elektr transporti nazoratchi-taftishchilari, chipta tekshiruvchilari va tegishli vakolati boʻlgan boshqa xodimlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan organlar nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllanishga haqlidirlar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.