MJK · 262-modda

262-modda. Bojxona organlari

Bojxona organlariga ushbu Kodeksning 227, 227-1, 227-2, 227-5, 227-6, 227-7, 227-10, 227-11, 227-12-moddalarida, 227-13-moddasining uchinchi qismida, 227-16-moddasining birinchi qismida, 227-22-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqlidir.

Bojxona organlarining boshliqlari va ularning oʻrinbosarlari bojxona organlari nomidan maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo chorasini qoʻllashga haqlidir.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining Yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali qayd etilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishga hamda jarima tariqasidagi maʼmuriy jazo choralarini qoʻllashga bojxona organlarining bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bosh inspektorlari, katta inspektorlari (inspektorlari) haqlidir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.