MJK · 264-1-modda

264-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi

Ushbu Kodeksning 61-moddasida (budjet tashkilotlarining, budjet mablagʻlarini oluvchilarning, davlat maqsadli jamgʻarmalarining hamda belgilangan tartibda tashkil etilgan boshqa jamgʻarmalarning mol-mulkini oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan oz miqdorda talon-toroj qilishga oid qismida), 175-2 va 175-8-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasining mansabdor shaxslari maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi bayonnoma ushbu Kodeksning 282-moddasida belgilangan tartibda sudga koʻrib chiqish uchun yuboriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.