MJK · 301-modda

301-modda. Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlarning qoplanishi lozim boʻlgan xarajatlari

Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ularning qilgan xarajatlari belgilangan tartibda qoplanadi.

Jabrlanuvchilar, guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar sifatida chaqirilgan shaxslarning maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) huzuriga kelishlari munosabati bilan ular ishda boʻlmagan vaqtda oʻz ish joyidagi maoshi belgilangan tartibda saqlanadi.

Ekspert, mutaxassis va tarjimon xizmat topshirigʻi tartibida bajarilgan hollardan tashqari, oʻzining vazifalarini bajarganligi uchun mukofotlanish huquqiga egadir.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.