MJK · 302-modda

302-modda. Maʼmuriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi sababli fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash

Maʼmuriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganlik natijasida fuqaroga yetkazilgan zarar maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni koʻrib chiqqan organning (mansabdor shaxsning) aybidan qatʼi nazar davlat tomonidan toʻliq hajmda toʻlanadi.

Zararni qoplash huquqi maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish tugatilgan taqdirdagina vujudga keladi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan organ (mansabdor shaxs) fuqaroga buzilgan huquqlarini tiklash tartibini tushuntirib berishi va maʼmuriy javobgarlikka qonunga xilof ravishda tortilganligi natijasida fuqaroga yetkazilgan zararni qoplash uchun qonunda nazarda tutilgan choralarni koʻrishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.