Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan maʼmuriy tarzda chiqarib yuborish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi organlar tomonidan ijro etiladi:
ushbu Kodeksning 51-2, 51-8, 51-9, 56, 57, 58-moddalarida, 61-1-moddasining birinchi qismida, 94, 165-1, 184-2, 184-3, 189, 189-1, 201, 202-1-moddalarida, 225-moddasining birinchi — uchinchi qismlarida, 239, 240, 241-moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — ichki ishlar organlari tomonidan;
ushbu Kodeksning 224-1-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar tomonidan sodir etilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining Chegara qoʻshinlari tomonidan.