MJK · 347-modda

347-modda. Qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismini ijro etish tartibi va muddatlari

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ushbu Kodeks va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchiligi bilan belgilangan tartibda ijro etiladi.

Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish yuzasidan chiqarilgan qarorning mulkiy zararni undirib olish xususidagi qismi ijro hujjati hisoblanadi.

Mulkiy zarar huquqbuzar tomonidan unga qaror topshirilgan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay toʻlanishi lozim (ushbu Kodeksning 311-moddasi), bunday qaror xususida shikoyat berilgan yoki protest bildirilgan taqdirda — shikoyat yoki protest qanoatlantirilmaganligi maʼlum qilingan kundan boshlab oʻn besh kundan kechiktirmay qoplanishi lozim.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.