Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga koʻra xodim boshqa ishga bir yil muddatgacha vaqtincha oʻtkazilishi mumkin, bunday oʻtkazish qonunga muvofiq oʻzining ish joyi saqlanib qolinadigan vaqtincha yoʻq boʻlgan xodimning oʻrnini egallash uchun amalga oshirilayotgan taqdirda ushbu xodim ishga chiqquniga qadar oʻtkazilishi mumkin. Agar xodimni boshqa ishga oʻtkazish muddati tugagach unga avvalgi ishi berilmagan, xodim uning berilishini talab qilmagan va ishlashni davom ettirayotgan boʻlsa, oʻtkazishning vaqtinchalik xususiyati toʻgʻrisidagi kelishuvning sharti oʻz kuchini yoʻqotadi hamda oʻtkazish doimiy deb hisoblanadi.
Shu kodeksdagi yaqin moddalar
- 138-moddaXodimni boshqa ishga oʻtkazish
- 139-moddaXodimni boshqa ishga oʻtkazish muddati
- 140-moddaXodimning boshqa ishga oʻtkazish uchun roziligi
- 142-moddaIsh beruvchi uchun majburiy boʻlgan, xodimning tashabbusi bilan vaqtincha boshqa ishga oʻtkazish
- 143-moddaXodimning sogʻligʻi holatiga koʻra boshqa ishga doimiy oʻtkazish
- 144-moddaIsh beruvchi uchun majburiy boʻlgan, xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda xodimni boshqa ishga oʻtkazish
Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?
HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.
AI'dan bepul so'rashMatn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.