MK · 220-modda

220-modda. Bitta tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili

Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun boʻlgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda oʻziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qoʻshimcha mehnat taʼtillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonunchilikda, jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida, boshqa ichki hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi yoxud boshqa tarmoqdagi ish stajini kiritish nazarda tutilishi mumkin.

Agar xodim ish beruvchining taklifiga koʻra ishga qabul qilingan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtilini olish huquqini beruvchi ish stajiga boshqa ish beruvchidagi ish staji kiritiladi. Mikrofirmalar xodimlariga ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili ushbu Kodeksning 505-moddasi uchinchi qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar hisobga olingan holda beriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.