MK · 328-modda

328-modda. Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrnini ish beruvchi tomonidan qoplash muddati

Boquvchi vafot etganligi munosabati bilan yetkazilgan ziyonning oʻrni quyidagicha qoplanadi:

voyaga yetmagan shaxslarga — oʻn sakkiz yoshga toʻlguniga qadar;

oʻn sakkiz yoshdan oshgan oʻquvchilarga — kunduzgi taʼlimni tugatguniga, lekin koʻpi bilan yigirma uch yoshga toʻlguniga qadar;

ellik besh yoshdan oshgan ayollarga va oltmish yoshdan oshgan erkaklarga — umrbod;

nogironligi boʻlgan shaxslarga — nogironlik muddatiga;

marhumning qaramogʻida boʻlgan bolalarini, nabiralarini, aka-ukalari va opa-singillarini parvarishlash bilan band boʻlgan ota-onasidan biriga, eriga (xotiniga) yoki boshqa oila aʼzosiga — qaramogʻidagi shaxslar oʻn toʻrt yoshga toʻlguniga qadar.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.