MK · 357-modda

357-modda. Xodimni ishga qabul qilish va boshqa ishga oʻtkazishda mehnatni muhofaza qilish huquqi kafolatlari

Xodimni sogʻligʻining holatiga koʻra qarshi koʻrsatmalar mavjud boʻlgan ishga qabul qilish va boshqa ishga oʻtkazish taqiqlanadi.

Xodimni uning hayotiga va sogʻligʻiga yuqori darajadagi xavf ehtimoli oldindan maʼlum boʻlgan ishga qabul qilayotganda hamda oʻtkazayotganda ish beruvchi uni bu haqda ogohlantirishi shart.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.