MK · 402-modda

402-modda. Oʻn ikki yoshga toʻlmagan bolalarning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan birining (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsning) ish haqi saqlanmagan holda taʼtil olish huquqi

Oʻn ikki yoshga toʻlmagan ikki nafar va undan ortiq bolaning yoki oʻn olti yoshga toʻlmagan nogironligi boʻlgan bolaning ota-onasidan biriga (ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxsga), ularning xohishiga koʻra, har yili ish haqi saqlanmagan holda davomiyligi oʻn toʻrt kalendar kungacha boʻlgan taʼtil beriladi.

Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan taʼtil yillik mehnat taʼtiliga qoʻshib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu taʼtildan alohida (toʻliq yoxud qismlarga boʻlib), lekin faqat joriy ish yili davomida foydalanilishi mumkin. Ushbu taʼtilni keyingi ish yiliga koʻchirishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.