MK · 427-modda

427-modda. I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining qisqartirilgan davomiyligi

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun ish vaqtining davomiyligi haftasiga oʻttiz olti soatdan oshmaydigan qilib belgilanadi.

I va II guruh nogironligi boʻlgan xodimlar uchun kunlik ishning (smenaning) davomiyligi tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining tavsiyalariga muvofiq belgilanadi, lekin olti kunlik ish haftasida — olti soatdan, besh kunlik ish haftasida — yetti soatu oʻttiz daqiqadan ortib ketmasligi kerak.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.