MK · 471-modda

471-modda. Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili berishning oʻziga xos xususiyatlari

Vaxta usulida ishlovchi shaxslarga yillik mehnat taʼtili ular vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlaridan foydalanganidan keyin berilishi kerak.

Ushbu moddaning birinchi qismidagi talab vaxta usulida ishlovchi shaxslarning taʼtillar jadvalini tuzish chogʻida hisobga olinishi kerak.

Agar vaxta usulida ishlovchi shaxsning yillik mehnat taʼtilining tugashi vaxtalar oraligʻidagi dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, unda ish beruvchi xodimning roziligi bilan:

vaxta boshlanguniga qadar xodimni vaqtincha boshqa ishga oʻtkazishi;

vaxta boshlanguniga qadar xodimga ish haqi saqlanmagan holda taʼtil berishi;

xodimni vaxtaning boshqa smenasiga oʻtkazishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.