MK · 476-modda

476-modda. Mehnat faoliyatini noqulay mehnat sharoitlarida amalga oshiruvchi xodimlarni majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish

Ish beruvchi noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarda band boʻlgan xodimlarning dastlabki (mehnat shartnomasini tuzayotganda) va davriy (ish jarayonida) majburiy tibbiy koʻriklardan oʻtkazilishini tashkil etishi shart.

Bajarilishi chogʻida dastlabki va davriy majburiy tibbiy koʻriklar oʻtkaziladigan noqulay mehnat sharoitlaridagi ishlarning roʻyxati hamda majburiy tibbiy koʻriklarni oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.