MK · 486-modda

486-modda. Tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri, tashkilot alohida boʻlinmasining rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzish

Tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilot bosh buxgalteri va tashkilot alohida boʻlinmasining rahbari bilan tashkilotning taʼsis hujjatlarida yoki taraflarning kelishuvida belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuzilishi mumkin.

Aksiyadorlik jamiyatining rahbari bilan qonunda belgilangan muddatga muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.

Qonunda va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda, tashkilotning taʼsis hujjatlarida tashkilot rahbari bilan mehnat shartnomasi tuzilishidan oldingi tartib-taomillar (tanlov oʻtkazish, lavozimga saylash yoki tayinlash va hokazo) belgilanishi mumkin.

Tashkilot rahbarini, uning oʻrinbosarlarini, tashkilot bosh buxgalterini va tashkilotning alohida boʻlinmasi rahbarini ishga qabul qilish chogʻida olti oygacha muddat bilan dastlabki sinov belgilanishi mumkin.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.