Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar, shuningdek mehnat shartnomalari shartlari buzilishining oldini olishni va (yoki) ularga barham berishni;
xodimning buzilgan huquqlarini tiklashni;
xodimning mehnat huquqlari buzilganligi munosabati bilan unga yetkazilgan moddiy zararning oʻrnini qoplashni va (yoki) maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilishni;
xodimning mehnat huquqlarini buzganlikda aybdor ish beruvchilarning va boshqa mansabdor shaxslarning javobgarligini.