MSK · 122-modda

122-modda. Sud jarimalarini solish

Sud jarimalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan solinadi.

Sud tomonidan solinadigan sud jarimasining miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan oshmasligi kerak, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.

Maʼmuriy organlar, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va boshqa organlar, shuningdek tashkilotlar tomonidan sud hujjati ijro etilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravarigacha miqdorda sud jarimasi solinadi. Sud hujjati takroran ijro etilmagan taqdirda, dastlabki solingan jarimaning oʻn baravari miqdorida sud jarimasi solinadi.

Kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi sud ajrimi ijro etilmagan taqdirda, ushbu moddaning uchinchi qismida belgilangan miqdorda sud jarimasi solinadi.

Sud tomonidan davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining va boshqa organlarning, shuningdek tashkilotlarning mansabdor shaxslariga solingan sud jarimalari ularning shaxsiy mablagʻlaridan undiriladi.

Sud jarimalari respublika budjeti daromadiga undiriladi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.