MSK · 125-modda

125-modda. Tegishli tarzda xabardor qilish

Agar sud maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi oʻziga yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasini olganligi yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa usulda xabardor qilinganligi toʻgʻrisida sud majlisi boshlanguniga qadar maʼlumotlarga ega boʻlsa, ushbu ishtirokchi tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi.

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish ishtirokchisi quyidagi hollarda ham sud tomonidan tegishli tarzda xabardor qilingan deb hisoblanadi, agar:

ajrim yoʻllangan shaxs ajrimning koʻchirma nusxasini olishni rad etgan va ushbu rad etish qayd etilgan boʻlsa;

sud tomonidan yuridik shaxsning sudga maʼlum boʻlgan oxirgi joylashgan yeri (pochta manzili), fuqaroning yashash joyi boʻyicha yuborilgan ajrimning koʻchirma nusxasi oluvchi koʻrsatilgan manzilda yoʻqligi sababli topshirilmagan va bu haqda aloqa muassasasi sudni xabardor qilgan boʻlsa;

ajrimning koʻchirma nusxasi sud tomonidan elektron pochta orqali yoki xabardor qilinganlik faktini tasdiqlovchi boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda yuborilgan kundan eʼtiboran uch kun oʻtgan boʻlsa.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.