Arizaga (shikoyatga) quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini, agar bu ushbu toifadagi ishlar uchun qonunda nazarda tutilgan boʻlsa;
1-1) belgilangan tartibda va miqdorda pochta xarajatlari toʻlanganligini;
2) arizaning (shikoyatning) va unga ilova qilingan hujjatlarning koʻchirma nusxalari javobgarga hamda uchinchi shaxslarga yuborilganligini;
3) arz qilingan talablarga asos boʻlgan holatlarni;
4) arizani (shikoyatni) imzolash vakolatini, agar u vakil tomonidan imzolangan boʻlsa.
Eksterritorial sudlovga tegishlilik tanlanganida arizaga (shikoyatga) arizachining shu mazmundagi iltimosnomasi ham ilova qilinadi.