MSK · 133-modda

133-modda. Arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni rad etish

Sudya arizani (shikoyatni) ish yuritishga qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi, agar:

1) ish maʼmuriy sudga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga yoki iqtisodiy sudga taalluqli boʻlmasa;

2) maʼmuriy sudning ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ish yuritishni tugatish haqidagi ajrimi yoxud kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimi mavjud boʻlsa;

3) sudning ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa.

Arizani (shikoyatni) qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.

Ajrim bekor qilingan taqdirda, ariza (shikoyat) sudga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.