MSK · 135-modda

135-modda. Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikr

Ishda ishtirok etuvchi shaxs ariza (shikoyat) yuzasidan arz qilingan talabga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrning hamda ularda mavjud boʻlmagan hujjatlarning koʻchirma nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda sudga yuborishga haqli.

Ariza (shikoyat) yuzasidan yozma fikrda ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki uning vakilining turgan joyi (pochta manzili), telefonlari, fakslari raqamlari, elektron pochta manzili (agar ular mavjud boʻlsa) koʻrsatiladi.

Ariza (shikoyat) boʻyicha yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ish yuritishga doir vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.