MSK · 2-modda

2-modda. Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari

Maʼmuriy sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:

maʼmuriy organlar bilan munosabatlarda qonun ustuvorligini, fuqarolar, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning (bundan buyon matnda yuridik shaxslar deb yuritiladi) huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash;

maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida fuqarolar va yuridik shaxslarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;

maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlar sohasida qonuniylikni mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish;

qonunga va sudga nisbatan hurmat munosabatini shakllantirish.

Shu modda bo'yicha savolingiz bormi?

HuquqTech savolingizni tahlil qilib, aynan shu kabi qonun moddalariga tayanib javob beradi — oddiy tilda, bir necha soniyada.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.